Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Man Siti» «Real» yulduzini yozdagi asosiy maqsadi sifatida belgiladi

«Man Siti» «Real» yulduzini yozdagi asosiy maqsadi sifatida belgiladi

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli ingliz futbolchisini "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. "Shaharliklar" bu transfer uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor.

Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan 127 million yevroga sotib olingandi. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Jud joriy mavsumda jami 24 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 4 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 19:01 20.01.2026. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!