Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Maktabni a’lo bahoga bitirgan o‘quvchilarga 27 ming dollardan berildi

Maktabni a’lo bahoga bitirgan o‘quvchilarga 27 ming dollardan berildi

BAAda maktabni a’lo bahoga bitirgan o‘quvchilarga 27 ming dollardan berildi.

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum mamlakatdagi o‘rta ta’limni eng yuqori natijalar bilan yakunlagan sakkiz nafar o‘quvchini 100 ming dirham (27 ming dollar) bilan mukofotladi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

"Biz sizlar bilan faxrlanamiz va BAA kelajagini barpo etishda ishtirok etishingizga ishonamiz", — dedi Dubay amiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat ta’lim sohasini rivojlantirish va yoshlar uchun imkoniyatlar yaratishni davom ettiradi.

Kiritildi: 21:25 16.07.2026. O'qildi: 1620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!