Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Maktablar ta’lim maskani bo‘lib qolishi, «jang maydoni»ga aylanmasligi kerak

Maktablar ta’lim maskani bo‘lib qolishi, «jang maydoni»ga aylanmasligi kerak

Amnesty International Fransiya polisiyasining kuch ishlatishini tanqid qildi.

Xalqaro huquq himoya tashkiloti Amnesty International Fransiya hukumatini mamlakatda davom etayotgan o‘quvchilar namoyishlari fonida polisiya tomonidan kuch ishlatilishini cheklashga chaqirdi.

Tashkilot fransuz hokimiyatidan ta’lim sharoitlarini yaxshilashni talab qilayotgan o‘quvchilarning namoyishlarida inson huquqlari bo‘yicha majburiyatlarga rioya qilishni va polisiyaning nomutanosib kuch ishlatishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

Amnesty International’ning Fransiyadagi bo‘limi rahbari Ann Savinel-Barras hukumat namoyishlarda ishtirok etayotgan yoshlarning xavfsizligini ta’minlash va ularning tinch namoyish o‘tkazish huquqini himoya qilish uchun mas’ul ekanini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, polisiyaning har qanday aralashuvi qonuniy, zarur va vaziyatga mutanosib bo‘lishi kerak. Shuningdek, polisiya tomonidan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina tayoqlar qo‘llanilayotgani haqidagi xabarlar soni ortib borayotgani aytildi.

Fransiya Inson huquqlari ligasi (LDH) ham namoyish ishtirokchilariga nisbatan bosim o‘tkazilayotganini qoralab, maktablar ta’lim maskani bo‘lib qolishi, «jang maydoni»ga aylanmasligi kerakligini bildirdi.

Fransiyada 17 sentyabrda boshlangan va mamlakatning turli shaharlariga tarqalgan o‘quvchilar namoyishlari davomida 200 ga yaqin o‘quvchi va 700 nafarga yaqin xavfsizlik kuchlari xodimi jarohatlangani xabar qilindi. Shuningdek, qariyb 30 ta maktabga o‘t qo‘yilgan, 5 mingdan ortiq shaxsga nisbatan huquqiy choralar boshlangan.

Kiritildi: 22:10 06.10.2026. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!