Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari 1 apreldan qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari 1 apreldan qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarini 2025 yil 1 apreldan boshlab qo‘shimcha rag‘batlantirish shartlari tasdiqlandi.

«Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, davlat byudjeti hisobidan davlat organlari va tashkilotlaridagi ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish koeffisiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffisiyentlarda har oy ustamalar to‘lanadi.

Uning hajmi quyidagicha:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari xodimlariga:

• 1 yildan 3 yilgacha — 0,3;

• 3 yildan 5 yilgacha — 0,6;

• 5 yildan 10 yilgacha — 0,8;

• 10 yildan 15 yilgacha — 1,0;

• 15 yildan 20 yilgacha — 1,2;

• 20 yildan yuqori — 1,5.

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlariga:

• 1 yildan 3 yilgacha — 0,15;

• 3 yildan 5 yilgacha — 0,3;

• 5 yildan 10 yilgacha — 0,45;

• 10 yildan 15 yilgacha — 0,6;

• 15 yildan 20 yilgacha — 0,75;

• 20 yildan yuqori — 1,0.

Kiritildi: 11:19 24.03.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!