Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya Ukrainada yangi hujumni boshladi

Rossiya Ukrainada yangi hujumni boshladi

Rossiya qo‘shinlari amalda yozgi hujum kampaniyasini boshlab yubordi, deb ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlarining "Xarkov" operativ-taktik guruhi matbuot kotibi Pavel Shamshin telemarafon efirida.

Uning aytishicha, Rossiya muzokaralarni manipulyasiya vositasi sifatida qo‘llamoqda, tinchlikka jiddiy intilish ko‘rsatmayapti.

"Istanbulga yuborilgan delegasiya hech kimga tanish bo‘lmagan shaxslardan tarkib topgan, shuning uchun bu muzokaralarga jiddiy qarash o‘rinsiz. Biz hammamiz, ayniqsa Ukraina harbiylari, tinchlikni xohlaymiz, biroq Rossiya hech qachon o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bergan va’dalariga amal qilmagan. Odatda bu yangi hujumlarga tayyorgarlik ko‘rishning bir usuli," - dedi Shamshin.

U rossiyaliklarning kuch to‘playotganini ta’kidlab, yaqin orada sulh tuzilishiga umid qilmaslik kerakligini, chunki yozgi hujum allaqachon boshlanib bo‘lganini aytdi.

Kiritildi: 20:47 15.05.2025. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!