Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Makron FIFA prezidenti lavozimi uchun kurashda Arsen Venger nomzodini ilgari surmoqda

Makron FIFA  prezidenti lavozimi uchun kurashda Arsen Venger nomzodini ilgari surmoqda

Makron FIFA prezidenti lavozimi uchun kurashda Arsen Venger nomzodini ilgari surmoqda — The Telegraph.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerning FIFA prezidenti lavozimi uchun bo‘lajak saylovlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashni taklif qildi. The Telegraph nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Makron nafaqat Venger nomzodini ochiq qo‘llab-quvvatlashga, balki boshqa davlat va hukumat rahbarlaridan ham fransuz mutaxassisini qo‘llab-quvvatlashni so‘rashga tayyor.

Ma’lum qilinishicha, Makron amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantino bilan raqobatlashishga ko‘ndirish maqsadida Venger bilan bog‘langan. Biroq 77 yoshli mutaxassis ushbu taklifni qabul qilgani va saylovda ishtirok etishga qaror qilgani hozircha ma’lum emas. Nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 18 noyabr kuni yakunlanadi.

Venger Yevropa tomonidan ilgari surilishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. U «Arsenal» klubini 20 yildan ortiq vaqt davomida boshqargan va jamoa bilan uch marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fransuz mutaxassisi 2019 yildan buyon FIFA ning futbolni global rivojlantirish bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Avvalroq u Janni Infantinoning Jahon chempionatining tijorat huquqlarini boshqarishga xususiy investorlarni jalb qilish rejasini ochiq tanqid qilgan edi.

Biroq Makronning ehtimoliy qo‘llab-quvvatlovi futbol hamjamiyatining ayrim vakillarida xavotir uyg‘otmoqda. The Telegraph nashriga muzokaralardan xabardor manbaning aytishicha, Fransiya prezidentining G‘arbiy Afrikada Vengerni faol targ‘ib qilishi uning nomzodiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Bunga mintaqada Fransiyaning sobiq mustamlakachi davlat sifatidagi faoliyatiga nisbatan salbiy munosabat sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 20:50 13.11.2026. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik