Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Makron: "AQSh endi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda betaraf emas"

Makron: "AQSh endi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda betaraf emas"

Qo‘shma Shtatlar endi Rossiya-Ukraina urushida neytral vositachi emas.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bu haqda Antibesda bo‘lib o‘tgan 36-Fransiya-Italiya sammitidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Vashington birinchi marta Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash, Kiyevga harbiy yordam, energetika sohasidagi yordam va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni belgilovchi hujjatni ma’qullagan.

Makron G7 yetakchilarining yaqinda e’lon qilingan qo‘shma bayonotini nazarda tutgan. Unda G7 mamlakatlari, jumladan, Qo‘shma Shtatlar yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarni qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqladilar.

Kiritildi: 10:11 26.06.2026. O'qildi: 1593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!