Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

MakGregor qo‘lqopsiz janglarda qatnashishni rejalashtirmoqda

MakGregor qo‘lqopsiz janglarda qatnashishni rejalashtirmoqda

UFC'ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, irlandiyalik Konor MakGregor kelajakda Bare Knuckle FC ligasidagi qo‘lqopsiz janglarda qatnashmoqchi.

"Konor MakGregor Bare Knuckle ligasida jang qiladi. Bu so‘zlarimni eslab qoling", – dedi MakGregor Italiyadagi matbuot anjumanida.

36 yoshli irlandiyalik so‘nggi marta 2021 yil iyulida UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Poryega qarshi jang qilgan va oyog‘idan jarohat olib, texnik nokautga uchragan. Uning MMAdagi rekordi 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatdan iborat.

Kiritildi: 23:20 18.02.2025. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!