Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Makgregor Oq uyda Meyvezer bilan jang qilishga tayyorligini aytdi

Makgregor Oq uyda Meyvezer bilan jang qilishga tayyorligini aytdi

UFC sobiq chempioni Konor Makgregor boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan MMA qoidalari bo‘yicha revansh jang o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Ushbu jang Oq uydagi UFC turniri doirasida o‘tkazilishi mumkinligi aytilmoqda.

"Meyvezer, MMA qoidalari bo‘yicha va’da qilingan jangga tayyor bo‘lsang, men shu yerdaman. Yozda Oq uyda yaxshi turnir bo‘lishi haqida eshitdim. Maykl, men shunchaki hazil qilyapman! Ammo istasam, ikkalangiz bilan ham bir kechaning o‘zida jang qila olardim. Floydni esa MMA qoidalarida 10 soniya ichida osongina taslim etaman", — deb yozdi Makgregor X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kiritildi: 10:05 07.01.2026. O'qildi: 369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!