Hukumat qarori (606-son, 27.09.2025 y.) bilan “Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot to‘g‘risida” hamda “Yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot to‘g‘risida”gi nizomlar tasdiqlandi.
🔰 Nizomlarga ko‘ra, mukofot g‘oliblarini aniqlash uchun har 2 yilda 1 marotaba tanlov o‘tkaziladi.
📙 Mukofotlar bilan rejissura va dramaturgiya sohalarida faol ijod qilayotgan rejissyor va dramaturglar teatrlar repertuarini dolzarb mavzudagi sahna asarlari bilan boyitishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
💸 G‘oliblarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 50 barobari miqdorida 1 martalik pul mukofoti hamda diplom va statuetkalar beriladi.
📝 Ijodkorlarni mukofotlar bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tegishli tashkilotlar tomonidan Madaniyat vazirligiga taqdim etiladi.
✅ Madaniyat vazirligi nomzodlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqib, tanlov o‘tkazilayotgan yilning 1 fevraligacha tegishli komissiyaga taqdim etadi.
📜 Komissiya 1 martgacha nomzodlarning hujjatlarini o‘rganib chiqib, har bir mukofot bo‘yicha eng munosib 1 nafardan nomzod bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.
📑 Mukofotlar 27 mart – Xalqaro teatr kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri yoki uning tegishli o‘rinbosari tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.