Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Mahalliy shifokor Oq uy yaqinida otishma sodir etdi

Mahalliy shifokor Oq uy yaqinida otishma sodir etdi

Payshanba kuni Vashington markazida otishma sodir etgan shaxs mahalliy shifokor Mett Lambert bo‘lib, u o‘zining turar joy majmuasi boshqaruvi bilan sudlashib kelgan.

Bu haqda Associated Press axborot agentligi, NBC News va Fox News telekanallari kabi bir qator Amerika ommaviy axborot vositalari ma’lum qilgan.

Vashington polisiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Lambert o‘z kooperativ uy-joy majmuasidagi mulkdorlar shirkatining rahbariyatini bino fasadi ta’mirlanganidan keyin xonadonda yuzaga kelgan jiddiy muammolar, jumladan, kondisioner va suv ta’minoti tizimlaridagi nosozliklar uchun mas’ul deb hisoblagan.

Bu borada tomonlar o‘rtasidagi keskin nizolar 2024 yil kuzidan buyon davom etib kelgan. Oxir-oqibat, Lambert 2025 yilda Metropole deb nomlangan turar joy majmuasini boshqaruvchi kompaniya ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lambert ertalab turar joy majmuasining sport zalida uning boshqaruvchisini otib o‘ldirgan. Shuningdek, u yana to‘rt kishini yaralagan.

Jabrlanganlardan birining ahvoli og‘ir. Shundan so‘ng, hujumchi o‘z xonadoniga barrikada qurib olgan va polisiya bilan telefon orqali qisqa muzokaralardan keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Hodisa sababli polisiya ertalab Metropole majmuasiga katta kuchlarni safarbar etgan, yaqin atrofdagi barcha ko‘chalarni to‘liq qamrab olib, harakatni cheklagan.

Vashington shahar ma’muriyati voqea tafsilotlari haqida Oq uyni xabardor qilgan. Oq uy ushbu turar joy majmuasidan avtomobilda taxminan yetti daqiqalik masofada joylashgan.

Kiritildi: 11:20 13.11.2026. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik