Venesuelaning ag‘darilgan prezidenti Nikolas Maduroning yaqin ittifoqchisi AQSh sudida mamlakat inqirozi paytida foydali oziq-ovqat import shartnomalarini olish uchun amaldorlarga pora berganlikda aybini tan oldi.
ABC News xabar berishicha, aybni tan olish bitimining bir qismi sifatida Saab federal tergovchilar bilan hamkorlik qilishga va korrupsiya sxemasidan tushgan 195 million dollarni topshirishga rozi bo‘ldi.
Pul yuvish ayblovi bo‘yicha maksimal 20 yil qamoq jazosi nazarda tutilgan, ammo prokurorlar Saabning hamkorligi, jumladan, noma’lum to‘rtta ham ayblanuvchiga qarshi hamkorligi qimmatli bo‘lib chiqsa, jazoni yengillashtirishni so‘rashga rozi bo‘lishdi.
Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Kolumbiya fuqarosi Saab may oyida Venesueladan AQShga deportasiya qilindi va u yerda bir qator jinoyatlarda ayblandi. AQSh rasmiylari biznesmenni 10 yildan ortiq vaqt davomida ta’qib qilib kelgan.