Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Maduro va uning rafiqasi AQShda kamida 50 yillik qamoq jazosiga uchrashi mumkin

Maduro va uning rafiqasi AQShda kamida 50 yillik qamoq jazosiga uchrashi mumkin

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Bugun AQSh prokurorlari Venesuyelaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga nisbatan yangi ayblovlar e’lon qildi: siyosiy raqiblar va AQSh fuqarolarini qiynoqqa solish bo‘yicha til biriktirish. Ular avvalroq giyohvand moddalar savdosida ayblangan edi.

63 yoshli Maduro va uning 69 yoshli rafiqasi 3 yanvar kuni Karakasdagi uylarida AQSh harbiylari tomonidan qo‘lga olingan. Hozirda ular AQSh hibsxonasida saqlanmoqda.

Agar aybdor deb topilsalar, barcha ayblovlar bo‘yicha belgilanadigan eng kam jazo muddati 50 yilni tashkil etadi. Sud jarayoni kelasi yili boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 20:09 09.10.2026. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!