Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Maduro AQShga murojaat qildi: “Janubiy Amerikada yangi G‘azoni istaysizmi?”

Maduro AQShga murojaat qildi: “Janubiy Amerikada yangi G‘azoni istaysizmi?”

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQShning Karib dengizi miqyosidagi harbiy faoliyatini tanqid qilib, Amerika xalqini Janubiy Amerikada G‘azodagiga o‘xshash fojia yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Karakada o‘tkazilgan xalqaro huquqshunoslar yig‘ilishidagi nutqida Maduro AQSh harakatlari mintaqaviy barqarorlikka tahdid solayotganini ta’kidladi.

“Amerika xalqiga murojaat qilaman: insoniyat G‘azodagi janjaldan yetarlicha aziyat chekdi. Har kuni o‘t ogirini to‘xtatish shartlarini buzgan holda zarbalar beriladi. Siz Janubiy Amerikada yangi G‘azoni istaysizmi?” — dedi Maduro.

Unga ko‘ra, AQSh faqat Venesuelani emas, balki butun Lotin Amerikasini va keng ma’noda insoniyatni nishonga olmoqda. Prezident nutqi yig‘ilish qatnashchilari tomonidan uzoq olqishlar bilan qarshi olindi.

Karib dengizidagi harbiy faoliyat

Prezident Donald Tramp avvalroq Lotin Amerikasidagi narkokartellariga qarshi qat’iyroq kurash olib borish uchun harbiy kuchlarni faol ishlatish haqida farmon imzolagandi. Shu asosda AQSh avgust oyi oxirida Venesuela suv hududlariga suvosti kemalari va harbiy kemalardan iborat dengiz guruhini yuborgan.

AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset orqa turib, Amerika harbiylari Venesueladagi “rejim o‘zgarishi”ga qadar borishi mumkin bo‘lgan operasiyalarga tayyor ekanini aytdi. Bunga javoban Maduro 4,5 millionlik militsiyani safarbar qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

AQShning “giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash” niqobi ostida Venesuela kemalarini to‘xtatish amaliyoti Karakas va xalqaro hamjamiyat tomonidan qoralanmoqda. Shu bilan birga, dunyodagi eng yirik avianoses — USS Gerald R. Ford va uning zarba berish guruhi Lotin Amerikasiga yetgani haqida ham xabar berilgan.

Kiritildi: 14:28 15.11.2025. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!