Super yarimo‘rta vazn toifasida WBA chempioni Terens Krouford yana bir bor ushbu yo‘nalishdagi sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov bilan bo‘lgan jangini esladi.
"Men Madrimov bilan jangda aniq g‘alaba qozonganman, deb o‘ylayman. Balki muxlislar ko‘nikmagandir, chunki menda ketma-ket nokautli g‘alabalar bo‘lgan. Jangimdan mamnunman. Albatta, kamarlar meniki bo‘ladi. Men ularni olaman. Jang kuni bu bo‘yicha hech narsa qila olmaysiz", dedi Krouford.
Ma’lumot uchun, Terens Krouford keyingi jangini 13 sentyabr kuni meksikalik Saul Alvaresga qarshi o‘tkazadi.