Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Lukashenko: Belarusni urushga tortishga urinishlar oqibatsiz qolmaydi

Lukashenko: Belarusni urushga tortishga urinishlar oqibatsiz qolmaydi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatni urushga tortishga qaratilgan har qanday harakatlar uni amalga oshirishga uringanlar uchun yaxshi oqibat bilan tugamasligini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk vaziyatni xotirjam va nazorat ostida boshqarmoqda. Lukashenko Belarus barqaror davlat bo‘lib qolayotgani ayrim kuchlarga ma’qul kelmayotganini, shu sababli turli provokasiyalar va turli taxminlar paydo bo‘layotganini ta’kidladi.

Shuningdek, u vaziyat atrofida ko‘plab bayonotlar va versiyalar tarqalayotganini qayd etib, bu masalada «aniq haqiqat» zarurligini aytdi. Lukashenkoning ta’kidlashicha, u bu haqiqatni, avvalo, Ukraina rasmiylari va harbiylari tomonidan eshitishni kutmoqda.

Kiritildi: 18:27 18.06.2026. O'qildi: 1278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!