Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat harbiylari Ukraina hududida bo‘lmagani va kelajakda ham bo‘lmasligini bildirdi.
«Biroq, agar biror hududdan Belarusga qarshi harbiy hujum amalga oshirilsa, Ukraina hududidagi urush mutlaqo boshqacha tus oladi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, Minsk to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy ishtirokni rejalashtirmayapti, ammo mamlakat xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.