Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Luis Inasiu Lula da Silva Braziliya prezidenti etib qayta saylandi

Luis Inasiu Lula da Silva Braziliya prezidenti etib qayta saylandi


Braziliyaning amaldagi prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozonib, davlat rahbari lavozimida yana bir muddat ishlash huquqini qo‘lga kiritdi.

Bu haqda Braziliya Oliy saylov sudining saylov byulletenlariga oid bayonnomalarning 97,69 foizi qayta ishlanganidan keyingi ma’lumotlarida qayd etilgan. Ovozlarni hisoblashning ushbu bosqichida amaldagi prezidentning g‘alabasi matematik jihatdan kafolatlangan.

Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘l qanotdagi Mehnatchilar partiyasi yetakchisi Lula da Silva 51,74 foiz ovoz to‘plagan. Uning raqibi, o‘ng qanot muxolifati vakili, senator Flaviu Bolsonaru esa 48,26 foiz ovoz olgan.

Shu tariqa, qolgan ovozlar hisoblab chiqilganidan keyin ham Bolsonaru amaldagi prezidentdan ortda qolish farqini bartaraf eta olmaydi.

Lula da Silva Braziliyaning zamonaviy tarixida prezidentlik saylovlarining birinchi turida raqibidan ortda qolib, ikkinchi turda g‘alaba qozonishga erishgan birinchi siyosatchi bo‘ldi.

Lula da Silvaning yangi prezidentlik muddati 2027 yil 1 yanvardan boshlanadi.

Kiritildi: Bugun 11:36. O'qildi: 269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!