Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingan

Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingan

Sport federasiyalarining har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari saylangan, lekin ayrimlarining faoliyati mavjud salohiyatga mos emasligi qayd etildi.

Parijda erishilgan natijalar bilan xotirjamlikka berilmaslik kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘ntalikka kirish maqsad qilingan. Buning uchun mutasaddi rahbarlardan tortib, tuman hokimlarigacha barcha qattiq ishlashi kerakligi qayd etildi.

Olimpiya o‘yinlaridagi tariximiz faqatgina yakkakurash sport turlari bilan yozilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oxirgi Olimpiadada faqat 5 ta sport turi – boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika va erkin kurash bo‘yicha medal qo‘lga kiritilgan.

Sport federasiyalarining har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari saylangan, lekin ayrimlarining faoliyati mavjud salohiyatga mos emasligi qayd etildi.

Viloyat, tuman, mahallaga borganda, sportchi va trenerlar bilan uchrashish, ularning muammosini hal qilish, xorijiy yoki xalqaro federasiyalar rahbarlari bilan hamkorlik qilish, sportchi va murabbiylarni o‘quv mashg‘ulotlariga yuborish ishlari sustligi tanqid qilindi.

Kiritildi: 12:39 13.02.2025. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!