London Ukrainadan Fors ko‘rfazi mamlakatlariga Shahed dronlari hujumini qaytarishda yordam berishni so‘radi.
Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri ma’lum qildi.
Kir Starmerning bildirishicha, London o‘z mutaxassislari bilan birga Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi hamkorlariga Eron dronlarini urib tushirishga yordam berish uchun Ukrainadan ekspertlarni jalb qiladi.
Britaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, London AQShga Eronga qarshi amaliyotlarda Britaniya bazalaridan foydalanishga ruxsat bergan, biroq Britaniyaning o‘zi bu hujumlarda ishtirok etmaydi.
Avvalroq, Buyuk Britaniya Havo kuchlarining Kiprdagi “Akrotiri” bazasi hududida kuchli portlash sodir bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi.