«Liverpul» futbolchisi Aleksis Mak Allisterning sobiq sevgilisi undan 6 million dollar tovon puli talab qildi. Bu haqda Clarin nashri xabar berdi.
Kamila Mayyan futbolchidan besh yillik munosabatlar uchun moliyaviy kompensasiya talab qilgan. Mayyan Mak Allister uni hozirgi jufti Aylen Kova uchun tashlab ketgani uchun 6 million dollar so‘ramoqda.
Aylen hozirda farzand kutayotgani aytilmoqda. Mayyanning ta’kidlashicha, u Aleksis bilan Angliyada yashagan paytlarda o‘z faoliyatiga yetarlicha e’tibor qarata olmagan, shuning uchun u o‘tgan yillar uchun pul olishga haqqi borligini ma’lum qilgan.
Biroq Mayyanning bu pulni olish imkoniyati kamaydi. Sababi, futbolchi advokatlarining so‘zlariga ko‘ra, ish Angliyada ko‘riladigan bo‘ldi. Mazkur mamlakat sud amaliyotida esa munosabatlar uchun tovon puli to‘lash tushunchasi mavjud emas. Shuningdek, sud bu ish Argentina qonunchiliga nomuvofiq ekanini ta’kidlagan. Chunki juftlik u vaqtda Angliyada yashagan.