Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

"Liverpul" Salohga o‘rinbosar topdi

"Liverpul" Salohga o‘rinbosar topdi

"Atalanta" hujumchisi Ademola Lukman faoliyatini Angliyada davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqda Todofichajes portali jurnalistlari xabar berishdi.

Manbaga ko‘ra, "Liverpul" 27 yoshli nigeriyalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mersisaydliklar Ademolani kelasi yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan misrlik Muhammad Salohga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Nigeriyalik futbolchining transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Lukman joriy mavsum A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:24 21.02.2025. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!