Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

«Liverpul» «Real» futbolchisi uchun 207 million yevro sarflashga tayyor

«Liverpul» «Real» futbolchisi uchun 207 million yevro sarflashga tayyor

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Jurnalist Siro Lopesning yozishicha, "qizillar" "qaymoqranglilar" xavbekiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliyaning amaldagi chempionlari Bellingemning transferi uchun taxminan 207 million yevro to‘lashga tayyor.

Jud Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan 127 million yevro evaziga "Real"ga o‘tgandi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Bellingemning transfer narxini 160 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 23:36 14.01.2026. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!