Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Liverpul" qishki transferlar oynasi oldidan Saloh bo‘yicha qaror qabul qildi

"Liverpul" qishki transferlar oynasi oldidan Saloh bo‘yicha qaror qabul qildi

"Liverpul" Muhammad Salohning kelajagi bo‘yicha pozisiyasini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ingliz grandi bosslari futbolchini qishda sotishni rejalashtirmayapti. "Qizillar" Salohning mavsum o‘rtasida jamoani tark etishi salbiy signal bo‘ladi va o‘z maqsadlari yo‘lidagi kurash avjiga chiqqan pallada jamoani zaiflashtiradi, deb hisoblamoqda. Avvalroq, vinger "Liverpul"ga klubni tanqid qilgan va ketishi mumkinligiga ishora qilgan shov-shuvli intervyudan so‘ng qaytgan edi.

Muhammad Saloh bu mavsumda "Liverpul" safida APLda 14 ta uchrashuv o‘tkazdi. Ularda o‘yinchi "gol + pas" tizimi bo‘yicha "4+3" natijasini qayd etgan.

Kiritildi: 15:43 15.12.2025. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!