Fil Tompson sudga muvaffaqiyatsiz murojaat qilganidan so‘ng Buyuk Britaniya soliq xizmatiga deyarli 300 000 funt sterling miqdorida qarzga botib qoldi.
Ayblov tomonining ta’kidlashicha, sobiq futbolchi televideniyeda ekspert sifatida ishlashdan olgan daromadidan 294 306 funt sterling miqdorida soliq to‘lashi kerak ekan. Dastlab Tompson birinchi instansiya sudida bu qarorga e’tiroz bildirgan, biroq 2023 yil 11 dekabrda uning shikoyati rad etilgan. Endi esa yuqori sud avvalgi qarorni o‘z kuchida qoldirdi.
71 yoshli Tompson 1970-1980 yillarda "Liverpul" safida 500 ga yaqin o‘yinda maydonga tushgan. U jamoa sardori bo‘lgan va yettita chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan.