Isroilning Livandagi havo hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 886 kishiga yetdi.
Bu haqda Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonot berdi.
"Ikki hafta oldin boshlangan Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi urush paytida Livanda kamida 886 kishi, jumladan, 111 bola va 38 tibbiyot xodimi halok bo‘ldi", deyiladi vazirlik xabarida.
Havo hujumlari natijasida yaralanganlar soni ham 2141 kishiga yetdi.
Avvalroq halok bo‘lganlar soni 850 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.