Bu rossiyalik va belaruslik muhojirlar xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ymoqda
Davlat organining xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk reestridan olingan ko‘chirmalar sizib chiqqan bo‘lib, ularda ism-shariflar, tug‘ilgan sanalar va manzillar mavjud.
"Volna" nashrining ta’kidlashicha, Litvaga ko‘chib o‘tgan siyosatchilar, faollar va jurnalistlar uchun ushbu ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi "shaxsiy xavfsizlik masalasi" bo‘lishi mumkin.
Nashr bunga misol sifatida Leonid Volkovning Vilnyusdagi uyi yaqinida unga qilingan hujumni eslatib o‘tgan.
Konservatorlar yetakchisi va sobiq mudofaa vaziri Laurinas Kashyunasning fikricha, manzillar va boshqa ma’lumotlardan Rossiya razvedkasi kuzatuv hamda diversiyalar uchun foydalanishi mumkin. Biroq hozircha ushbu ma’lumotlar sizib chiqishida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblangani yo‘q, deyiladi nashr xabarida.