Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Eron bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgan taqdirda urish uchun yangi harbiy nishonlar ro‘yxatini tuzdi

AQSh Eron bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgan taqdirda urish uchun yangi harbiy nishonlar ro‘yxatini tuzdi

Vashington Eronga qarshi operasiya boshlashga qaror qilgan taqdirda zarba berish uchun mo‘ljallangan yangi harbiy nishonlar ro‘yxati tayyorlandi.

Bu haqda NBC News telekanali xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, ro‘yxatdan yashirin joylashgani va himoya darajasi yuqoriligi sababli yo‘q qilish uchun katta kuch talab etiladigan murakkab ob’ektlar o‘rin olgan.

Telekanalning ta’kidlashicha, ushbu ro‘yxatning shakllantirilishi AQSh yaqin orada zarba berishga hozirlik ko‘rayotganini anglatmaydi. Harbiy harakatlarning boshlanishi Donald Trampning Tehron bilan olib borilayotgan muzokaralar yuzasidan qabul qiladigan siyosiy qaroriga bog‘liq.

Avvalroq AQSh prezidenti Eron bilan kelajakdagi kelishuv loyihasi umumiy hisobda kelishib olinganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq Tramp tomonlar hali ayrim masalalar bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishmaganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 15:53. O'qildi: 295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!