Litva energetika vaziri Saviskas Yevropa Ittifoqi davlatlari energetika inqirozi sabab Rossiya gazini qayta sotib olishni boshlashi mumkinligini aytdi.
Uning fikricha, Yevropa Rossiya gaziga qaramlikdan butunlay voz kechib, muqobil energiya manbalariga sarmoya kiritishi kerak. Aks holda, gaz narxining oshishi sabab Rossiya bilan hamkorlikni tiklash takliflari ko‘payishi mumkin.
Hozir Yevropada gaz narxi 2022 yildan beri eng yuqori darajaga chiqib, 1 ming kub metr uchun 1200 dollardan oshgan.