Polsha milliy jamoasi va «Barselona» klubi hujumchisi Robert Levandovski «ko‘k-anorranglilar» safidagi kelajagi haqida gapirdi va jamoani tark etish hayoliga ham kelmayotganini aytdi.
«Men «Barselona»da qolaman, ketishim haqida hech qanday gapga o‘rin yo‘q. Ayni vaqtda men faqat klubdagi faoliyatim haqida o‘ylayapman», – deydi Levandoski.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli hujumchi yakuniga yetgan mavsum «Barselona» safida barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo‘ljallngan.