Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Le Figaro: Parij sudi Air France va Airbus’ni 228 kishi o‘limi bo‘yicha aybdor deb topdi

 Le Figaro: Parij sudi Air France va Airbus’ni 228 kishi o‘limi bo‘yicha aybdor deb topdi

Parij apellyasiya sudi 2009 yildagi AF447 reysi halokati bo‘yicha Air France aviakompaniyasi va Airbus kompaniyasini ehtiyotsizlik orqali odam o‘limiga sabab bo‘lganlikda aybdor deb topdi.

Rio-de-Janeyrodan Parijga uchgan samolyot halokati natijasida 228 kishi vafot etgan edi.

Sud kompaniyalarni Fransiya tarixidagi eng yirik aviafalokat uchun “to‘liq va mutlaq mas’ul” deb atadi.

Hodisa 2009 yil 1 iyun kuni sodir bo‘lgan. Airbus A330 samolyoti Atlantika okeani ustidagi bo‘ron vaqtida radarlardan yo‘qolgan va shtopor holatiga tushib, okeanga qulagan.

Sud Air France va Airbus’ni har biri 225 ming yevrodan jarima to‘lashga majbur qildi.

Shu bilan birga, halok bo‘lganlar qarindoshlarining bir qismi jazo yetarlicha qattiq emasligini bildirdi.

Kiritildi: 23:36 22.05.2026. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!