Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Langar" qo‘rg‘onidagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

"Langar" qo‘rg‘onidagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

Sanoat, radiasiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi mas’ullari Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi "Langar" qo‘rg‘onida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘rnatilgan dor yo‘llarining texnik holatini o‘rgandi.

Tekshiruv jarayonida 2 ta dor yo‘li belgilangan talablarga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Texnik nosozliklar to‘liq bartaraf etilgunigacha va qonuniy ruxsatnoma olinunigacha dor yo‘llardan foydalanish qat’iy taqiqlandi.

Qo‘mita aholini madaniyat va istirohat bog‘lari hamda ko‘ngilochar maskanlarda o‘rnatilgan texnik nosoz yoki shubhali attraksionlarga duch kelganda "attraksion_nazorati" elektron mobil platformasi orqali murojaat qilishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 12:18 12.08.2025. O'qildi: 1216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!