Bugun 22 may, 2026 yil, juma

КИР

La Liga rahbari: «Peresning gaplari yolg‘on, «Real»ning 500 sahifalik hisobotini ko‘rmoqchiman»

La Liga rahbari: «Peresning gaplari yolg‘on, «Real»ning 500 sahifalik hisobotini ko‘rmoqchiman»

Ispaniya La Ligasi rahbari Xavyer Tebas Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peresning yaqinda klubdan o‘g‘irlangan titullar haqida aytgan gaplariga munosabat bildirdi. Peresning so‘zlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar»dan naqd yettita chempionlik «o‘g‘irlangan». Ushbu bayonot jamoatchilik tomonidan «Barselona» klubi sha’niga aytilgan ayblov sifatida qabul qilindi.

«Yo‘q, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Men «Real»ning bu bo‘yicha 500 sahifalik hisobotini ko‘rishni istayman. Bizda ham hisobot bor, ammo 500 sahifalik emas», — deya Ispaniya OAVlari Tebasning so‘zlarini keltirmoqda.

Joriy mavsumda ham «Real» La Liga oltin medallarini «Barselona»ga boy berdi. So‘nggi tur oldidan «ko‘k-anorranglilar» madridliklarni 11 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni naqd qilib bo‘lishgan.

Kiritildi: Bugun 11:35. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!