Ispaniya chempionatining 25-turida «Real» o‘z maydonida «Jirona» ustidan g‘alaba qozondi. 1-bo‘limda Modrich supergoli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 2-bo‘limda Vinisius Mbappening uzatmasini golga aylantirdi.
Anchelotti jamoasi (2-o‘rin) ochkolarini 54 taga yetkazib, peshqadam «Barselona»ga tenglashdi. «Jirona» 31 ochko bilan 12-pog‘onada qoldi.
La Liga. 25-tur
Real — Jirona 2:0
23 fevral, «Bernabeu»
Gollar: Modrich (41), Vinisius (83).
Real — Kurtua, Vaskes, Alaba (Kamavinga, 73), Asensio, Mendi, Chuameni, Modrich (Ryudiger, 85), Dias (Seballos, 73), Vinisius (Endrik, 90), Rodrigo, Mbappe.
Jirona — Gassaniga, Lopes, Kreychiy, Blind, Martines, Romeu (Romero, 66), Martin (Xil, 66), Gutiyerres (Miovski, 75), Van de Bek (Artur, 56), Sigankov, Danjuma (Asprilya, 66).
Ogohlantirishlar: Kreychiy (64), Romero (70).