Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

La Liga. "Barselona" o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi

La Liga. "Barselona" o‘z maydonida yirik hisobda zafar quchdi

Ispaniya La Ligasining 23-turidan o‘rin olgan "Barselona" va "Malyorka" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda maydon egalari 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindagi ilk golni 29-daqiqada "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kiritdi. 61-daqiqada "ko‘k-anorranglilar" forvardi Lamin Yamal jamoasining ustunligini ikkitaga oshirdi. 83-daqiqada esa yarim himoyachi Mark Bernal "Malyorka" darvozasiga uchinchi to‘pni kiritib, o‘yindagi yakuniy hisobni belgiladi — 3:0.

Ispaniya chempionatining 23 ta o‘yinidan so‘ng "Barselona" 58 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Malyorka" esa 24 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.

Kelgusi turda "Malyorka" 15 fevral kuni o‘z uyida "Betis"ni qabul qiladi, "Barselona" esa bir kun o‘tib safarda "Jirona" bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 23:29 07.02.2026. O'qildi: 175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!