Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

La Liga. «Barselona» «Espanyol» bilan o‘yin so‘nggida g‘alabani ilib ketdi

La Liga. «Barselona» «Espanyol» bilan o‘yin so‘nggida g‘alabani ilib ketdi

Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Espanyol" - "Barselona" o‘yinida "ko‘k-anorranglilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

86-daqiqada yarim himoyachi Dani Olmo hisobni ochdi. Uchrashuv yakunida hujumchi Robert Levandovski mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Ikkala golda ham yarim himoyachi Fermin Lopes golli uzatmani amalga oshirdi.

"Barselona" ochkolarini 49 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Espanyol" esa 33 ochko bilan 5-pog‘onada bormoqda.

Espanyol - Barselona - 0:2

4 yanvar, 01:00. RCDE Stadium

Gollar: Olmo, 86 (0:1). Levandovski, 90 (0:2)

Espanyol: Dmitrovich, Kalero, Kabrera, Romero, El Xilali, Gonsales de Sarate, Pol Losano, Pere Milya (Terrats, 82), Dolan (Puado, 82), Eksposito (Karreras, 60), Fernandes (Kike Garsiya, 75)

Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, Martin (Pedri, 64), Balde, Kunde, de Yong, E. Garsiya, Rafinya (Olmo, 64), Reshford (Fermin Lopes, 46), Yamal, Torres (Levandovski, 64)

Ogohlantirish: Pol Losano, 77

Kiritildi: 09:31 04.01.2026. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!