Ispaniya La Ligasining 17-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal» — «Barselona» uchrashuvi yakunlandi. Bahs «Keramika» stadionida bo‘lib o‘tdi. Markaziy uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondilar.
Uchrashuvda hisob 12-daqiqada mehmonlar hujumchisi Rafinya tomonidan penaltidan kiritilgan gol bilan ochildi. 39-daqiqada «Vilyarreal» himoyachisi Renatu Veyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 64-daqiqada esa «ko‘k-anorranglar» hujumchisi Lamin Yamal jamoasining ustunligini ikki barobarga oshirib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Mezbonlar La liga yetakchisiga jiddiy qarshlik ko‘rsatdi. Agar "Barsa" posboni Joan Garsiya mahorat namoyish etmaganida, Flik shogirdlari bu kecha ochko yo‘qotishi muqarrar edi.
Ispaniya chempionatining 18 ta uchrashuvidan so‘ng «Barselona» 46 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Vilyarreal» esa 16 ta o‘yindan keyin 35 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.
Kelasi turda «Barselona» 3 yanvar kuni safarda «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi. «Vilyarreal» ham xuddi shu kuni «Elche» jamoasi bilan bellashadi.
Ispaniya — Primera. 17-tur
2025 yil 21 dekabr, yakshanba.)
«Vilyarreal» — «Barselona» — 0:2
Gollar: Rafinya (12, penalti), Yamal (63)
Chetlatish: Renatu Veyga (39)