Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum snaryad uchirdi.
Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lum qildi.
«Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi Shimoliy Koreya uchirgan snaryadning texnik xususiyatlari va uchish masofasini tahlil qilmoqda», — deyiladi xabarda.
Yaponiya Mudofaa vazirligi esa KXDR ballistik raketa uchirganini va u allaqachon dengizga tushganini ma’lum qilgan.
Hozircha raketa uchirilishi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.