"Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida Shimoliy Koreyadan Rossiyaga kelganlar soni 12 baravar oshgan, ulardan taxminan 8600 nafariga talabalar vizasi berilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili Rossiyada atigi 130 nafar KXDR fuqarosi tahsil olayotgan edi", deb yozadi nashr.
Qayd etish joizki, 2019 yildan beri Shimoliy Koreya fuqarolarining xorijda ishlashiga BMT tomonidan taqiq joriy etilgan.