Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Kurtua "El-klasiko" oldidan hakamlik masalasiga to‘xtaldi

Kurtua "El-klasiko" oldidan hakamlik masalasiga to‘xtaldi

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua "Barselona"ga qarshi muhim uchrashuv arafasida hakamlar faoliyati haqidagi savolga javob berdi.

Cope nashrining yozishicha, belgiyalik futbolchi "El-klasiko"da hakamlik bilan bog‘liq ehtimoliy muammolar uni tashvishlantirmayotganini bildirgan.

"Hakamlarga ishonaman. Ular ham inson, albatta, adashishlari mumkin. Faqat bunday xatolar muntazam ravishda bir jamoa manfaatiga xizmat qilmasligiga umid qilaman", — dedi Kurtua.

Shu bilan birga, u ayrim hakamlik qarorlarini talqin qilishda aniq mezonlar yetishmasligidan norozi ekanini yashirmadi.

"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi bahs 25 oktyabr, yakshanba kuni "Kamp Nou" stadionida o‘tkazilishi belgilangan.

La Ligada to‘qqiz turdan keyin kataloniyaliklar 27 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Madridliklar esa 21 ochko jamg‘arib, uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: Bugun 11:52. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!