Kursk viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining 200 kilogrammli uchuvchisiz samolyoti topildi. Bu haqda Kursk viloyat gubernatori Aleksandr Xinshteyn xabar berdi.
"Bugun Glushkovskiy tumanida Bars-Kursk otryadining ko‘ngillilari harbiy polisiya bilan birgalikda Ukrainaga tegishli 200 kilogrammlik dronni topdi", — deb yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
U bunday dron og‘irligi 50 kilogrammgacha bo‘lgan yukni ko‘tarishi va soatiga 150 kilometr tezlikka chiqishi mumkinligini ta’kidlab, bunday dron juda katta zarar keltirishi mumkinligini ta’kidladi.
Ayni damda dushmanning uchuvchisiz samolyoti qulagan joyda sapyorlar ishlamoqda.
Avvalroq, 11 aprel kuni Kursk viloyatining chegara hududlarida minalardan tozalash ishlarini olib borayotgan rossiyalik sapyorlar Ukraina qurolli kuchlari jangarilari bolalar o‘yinchoqlarini minalashgani haqida xabar bergan edi.