Evropa Ittifoqi davlatlari Rossiya tomonidan ko‘plab qurbonlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yirik gibrid hujum ehtimolini muhokama qilmoqda. Politico ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi haftalarda YEIga a’zo 27 davlat elchilari bunday ssenariy va unga ehtimoliy javob choralarini muhokama qilgan.
Muzokaralar avgust oyida Leypsig aeroportida portlovchi modda bilan jihozlangan dron aniqlanganidan keyin faollashgan.
Evropalik diplomatlardan biri Rossiyaning harakatlari ko‘lami va miqyosini hisobga olganda, ertami-kechmi qurbonlar bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlagan.
EI davlatlari va diplomatlari ehtimoliy hujumdan keyin favqulodda javob guruhlarini safarbar qilish, jabrlangan davlatga moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda Yevropa Ittifoqi rahbariyatining aholi bilan kommunikasiyasini tashkil etish masalalarini muhokama qilmoqda.
Diplomatlardan biri agar hujum natijasida YEI yoki NATO davlatlarining bir nechta fuqarosi halok bo‘lsa, tashkilotlarga javob choralarini ko‘rish bo‘yicha bosim keskin kuchayishini aytgan.
Rossiyaning Yevropa davlatlariga qarshi gibrid hujumlarni kuchaytirishi mumkinligi haqida Rossiya sobiq bosh vaziri Mixail Kasyanov ham fikr bildirgan. Uning ta’kidlashicha, Moskva hududlarni bosib olishdan ko‘ra, Ukrainaga yordamni kamaytirishga majburlash maqsadida gibrid operasiyalardan foydalanishi mumkin.