Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul beriladi

Kuniga 15 daqiqa kitob o‘qiganlarga pul beriladi

Singapur hukumati ijtimoiy tarmoqlarga qaramlikni kamaytirishning noodatiy usulini o‘ylab topdi. Endilikda kuniga kamida 15 daqiqa kitob o‘qigan fuqarolar moliyaviy mukofot oladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Davlat dasturi sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, aholida muntazam kitob o‘qish odatini shakllantirishga qaratilgan. Moliyaviy mukofot olish uchun fuqaro kuniga kamida 15 daqiqasini kitob o‘qishga bag‘ishlashi kifoya. Bunday seans uchun 20 ta virtual tanga beriladi. 1 000 ta tanga to‘plangach, ularni 1 Singapur dollariga (taxminan 9 200 so‘m) almashtirish mumkin. Bunda kuniga faqat bitta o‘qish seansi hisobga olinadi.

Natijalar hukumatning veb sayti orqali qayd etib boriladi. Rasmiylar bu tashabbusni yangiliklar va ijtimoiy tarmoqlardagi lentalarni tinimsiz varaqlashga muqobil sifatida ko‘rmoqda.

“Biz kontent, axborot va turli ta’sirlar haddan tashqari ko‘p bo‘lgan dunyoda yashayapmiz. Istalgan vaqtda yuzlab sarlavhalarni ko‘zdan kechirishimiz, video tomosha qilishimiz yoki deyarli har qanday narsaning qisqacha mazmunini bilib olishimiz mumkin”, dedi Milliy kutubxona kengashi rahbari Melissa Tam.

Tashabbus Singapur hukumatining ijtimoiy tarmoqlarning, ayniqsa, yoshlarga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli sa’y-harakatlarining bir qismiga aylandi. Mamlakatda ijtimoiy platformalardan foydalanish uchun kunlik vaqt cheklovini joriy etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 23:15 17.09.2026. O'qildi: 245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!