“Ko‘ngillilar koalisiyasi” Ukraina uchun “xavfsizlik kafolatlari” bo‘yicha ishni yakunladi va ularni AQSh bilan muhokama qilish niyatida, dedi Fransiya prezidenti.
Emmanuel Makron bu haqda Parijda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv yakunida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Fransiya prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Biz joriy yil mart oyida ilk bor o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilgandik, Zelenskiy bunga rozi bo‘lgandi, Rossiya esa rad etgandi;
◾️ Iyun oyida boshqa bir taklif paydo bo‘ldi, biz buning ustida ishladik, Rossiya uni qabul qilmadi;
◾️ Alyaskada Qo‘shma Shtatlar vositachilik qilish bo‘yicha taklif bildirdi, Rossiya yana rad etdi;
◾️ Vashington Ukrainada tinchlikka erishish uchun yana bir taklif bilan chiqmoqda, endi Rossiyaning javobini kutishimiz kerak;
◾️ Ukrainaga korrupsiya bilan qanday kurashishni biz o‘rgatmaymiz. Siz Rossiyada korrupsiya holatlari haqida hech qachon eshitmagansiz, chunki buni tergov qiladigan mustaqil organ yo‘q.