Krishtianu Ronaldu Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev revanshiga bag‘ishlab tashkil etiladigan jang oqshomiga tashrif buyurishi mumkin.
"Krishtianu uchun taklif jo‘natilgan. U Bivol – Beterbiyev jangiga borishi mumkin", - dedi jang tashkilotchilaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiyev 22 fevral kuni Ar Riyodda jang qiladi. Ushbu kardda hamyurtimiz Isroil Madrimov Virjil Ortisga qarshi ringga ko‘tariladi.