Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini hal qildi

Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashini hal qildi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning faoliyatini yakunlash borasidagi rejalari ma’lum.

Jurnalist Ben Jeykobsning hisobotida aytilishicha, portugaliyalik 2027 yilning yozida, amaldagi shartnomasi tugagach, Saudiya Arabistoni klubini tark etishni rejalashtirmoqda. O‘shanda, katta ehtimol bilan, hujumchi butsalarini mixga iladi, deydi manba. O‘sha vaqtda besh karra "Oltin to‘p" sohibi 42 yoshda bo‘ladi.

Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan beri "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda. Ayni paytda 40 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatida 16 ta o‘yinda 16 ta gol urib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:35. O'qildi: 636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!