Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu boykotdan keyin jahon rekordini o‘rnatdi

Krishtianu Ronaldu boykotdan keyin jahon rekordini o‘rnatdi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turidan o‘rin olgan "Al-Fateh"ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi.

Portugaliyalik forvard 18-daqiqada gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bahsda riyodliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Krishtianu Ronaldu uchun ushbu gol professional faoliyatidagi 962-si bo‘ldi va bu jahon rekordi hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi "An-Nasr"ning so‘nggi uchta o‘yinida ishtirok etmagan edi — u klub siyosatidan noroziligi sababli boykot e’lon qilgandi. Ronaldu joriy mavsumda "An-Nasr" safida jami 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 14:47. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!