Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» tarkibida mashg‘ulotlarga qaytdi — A Bola

Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» tarkibida mashg‘ulotlarga qaytdi — A Bola

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi tarkibida mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi baribir Osiyo Chempionlar ligasida Turkmanistonning «Arkadag‘» jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Mazkur o‘yin 11 fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Kutilishicha, portugaliyalik futbolchi 14 fevral, shanba kuni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Fotih»ga qarshi bahsda maydonga qaytadi.

Ronaldu «An-Nasr» safida maydonga tushmaslik orqali Saudiya jamg‘armasi (PIF)ning ayrim klublarga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qarshi norozilik bildirdi. Shuningdek, u jamoaning ayrim xodimlariga oylik maoshlar kechiktirib to‘lanishiga ham norozi ekanini shu tarzda ifoda etdi. «An-Nasr» rahbariyati Ronaldu talablariga quloq tutdi va qarzlarni to‘lab berdi.

Kiritildi: 22:48 09.02.2026. O'qildi: 234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!