Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kredit to‘lanmaganligi sababli, EQUINOX xatlandi

Kredit to‘lanmaganligi sababli, EQUINOX xatlandi

Kredit shartnomasiga asosan qarzdorlik o‘z muddatida to‘lanmasa shartnoma muddatidan oldin bekor qilinib, undiruv garov mulkiga qaratilishi mumkin.

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituviga ham aynan shu mazmundagi sudning ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, unda CHEKI “Invest finance bank” ATB Andijon viloyat filiali foydasiga qarzdor O.R.dan 259 mln. so‘m undirish hamda undiruvni kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan “EQUINOX” rusumli avtotransport vositasiga qaratilishi ko‘rsatilgan.

Qarzdorlik qoplanmagani sabab, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, “EQUINOX” xatlab qo‘yildi.

Hozirda avtomashinani elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 12:12 06.12.2024. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!