FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon chempionatiga egalik qiluvchi va uni boshqaradigan yangi kompaniyaning 20-30 foizlik ulushini sotish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Ushbu bitimda biznesning umumiy qiymati taxminan 15 mlrd funt sterlingga baholanmoqda.
FIFA asosiy nazorat ulushini o‘zida saqlab qoladi, a’zo assosiasiyalar va xususiy investorlar esa kamchilik ulushiga ega bo‘ladi.
Xabar berilishicha, JP Morgan tomonidan ilgaru surilayotgan ushbu taklif futbol jamoatchiligida turnir ishtirokchilari sonining yanada ortishi yoki Jahon chempionatlarining tez-tez o‘tkazilishi ehtimoli bo‘yicha xavotirlarni keltirib chiqardi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Infantino 2031 yilda FIFA prezidentligi muddati tugagach, ushbu yangi kompaniyaning komissari bo‘lishi va bu lavozimda millionlab daromad olishi mumkin.